AQSH prezidenti Donald Tramp 5-oktyabr soat 18:00gacha (Toshkent vaqti bilan 6-oktyabr 3:00) HAMAS harakatiga AQSH taklif qilgan kelishuvni qabul qilish uchun oxirgi imkoniyatni berganini aytdi. Uning fikricha, agar ushbu kelishuv o‘rnatilmasa, HAMAS uchun katta oqibatlar kutadi. Tramp Truth Social tarmog‘ida shunday deb yozdi: "Barcha mamlakatlar kelishuvni imzoladi! Agar ushbu so‘nggi imkoniyat amalga oshmasa, HAMASning boshiga hech kim hech qachon ko‘rmagan do‘zax tushadi".
Avvalroq, Tramp G‘azo urushini tugatishga qaratilgan AQSHning tinchlik tashabbusini e’lon qilgandi. Bu tashabbusning asosiy mazmunida darhol o‘t ochishni to‘xtatish, garovdagilarni falastinlik mahbuslarga almashish, Isroil qo‘shinlarini bosqichma-bosqich G‘azodan olib chiqish, HAMASni qurolsizlantirish va Tramp nazoratida xalqaro qo‘mita tuzish kabi qadamlar bor. Tramp agar HAMAS bu rejani qabul qilmasa, Isroil boshqaruvidagi harbiy harakatlarga to‘liq AQSH qo‘llovi berilgani bildirilgan.
Trampning bu rejasiga Turkiya, Qatar, Iordaniya, BAA, Indoneziya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Misr ham qo‘shma bayonot e’lon qilishdi. Unda AQSH prezidenti tomonidan taqdim etilgan G‘azo urushini to‘xtatish va mintaqani tiklashga qaratilgan reja bilan birga, falastinliklarning majburan ko‘chirilishini oldini olishga qaratilgan qadamlar qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, Falastin ma’muriyati ham Trampning tinchlik tashabbusini olqishlab, bu borada AQSH va hamkorlar bilan to‘liq bitimga erishish uchun ishlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Tashabbusning amalga oshishi nafaqat G‘azo, balki butun mintaqa tinchlikka erishishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Trampning g‘azo urushini tugatishga qaratilgan yangi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro muammolarni hal etishda yangi yo‘llar ochishga ishora qilish uchun ko‘plab davlatlar birgalikda harakat qilishga qaror qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!