date

Everestda 1 mingga yaqin sayyoh qor bo‘ronida qoldi

Everestda 1 mingga yaqin sayyoh qor bo‘ronida qoldi
Tibetdagi Everest tog‘ining sharqiy qismida kuchli qor bo‘roni tufayli qariyb ming kishi lagerlarda qamalib qolgan. Xitoy ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruv ishlari boshlangan va ayrim sayyohlar evakuatsiya qilingan.

Qor yog‘ishi juma oqshomidan boshlangan va kuchaygan. Ayrim chodirlar qor og‘irligidan qulagan, sayyohlardan ba’zilari sovuq urishidan aziyat chekmoqda. Shu sababli Everest manzarali hududiga kirish vaqtincha to‘xtatildi.

Hududda og‘ir ob-havo hukm surmoqda. Nepalda kuchli yomg‘irlar toshqin va ko‘chkilarga sabab bo‘lib, kamida 47 kishi halok bo‘lgan. Xitoyda esa “Matmo” to‘foni tufayli 150 ming kishi ko‘chirildi.

8 849 metr balandlikdagi Everest dunyodagi eng baland cho‘qqi bo‘lib, har yili ko‘plab sayyohlar bu yerga chiqishga harakat qiladi. So‘nggi yillarda bu hududda xavfli holatlar ko‘paygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Everestda 1 mingga yaqin sayyoh qor bo‘ronida qoldi