AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp faqatgina bir sabab bilan Islandiyani NATO safida qoldirishga rozi bo‘lgan. Bu haqda The Guardian nashri NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenbergning yangi kitobiga tayanib xabar berdi.
Stoltenbergning yozishicha, Islandiya Rossiya suv osti kemalarini kuzatish imkoniyati tufayli alyansda saqlab qolingan. Tramp esa avval Islandiyaning NATOdagi ishtirokiga shubha bilan qaragan, chunki mamlakatda qurolli kuchlar mavjud emas va mudofaa xarajatlari YAIMning 2 foizi talabiga yetmagan.
Ma’lum qilinishicha, 2017–2019 yillarda AQSH mudofaa vaziri bo‘lgan Jim Mettis Trampni bu qarordan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. U Islandiyadagi NATO bazalari Rossiyaning suv osti faoliyatini kuzatishda muhim rol o‘ynashi haqida so‘zlagan.
Shu sababdan Tramp Islandiyaning alyans uchun strategik ahamiyatga ega ekaniga ishongan va uni tashkilotda qoldirishga rozilik bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!