date

Dunyoda qayerda tug‘ilish eng kam va eng ko‘p?

Dunyoda qayerda tug‘ilish eng kam va eng ko‘p?

Jahonda aholi soni o‘sish sur’ati turlicha kechmoqda — ba’zi davlatlarda bolalar soni keskin kamayib borayotgan bo‘lsa, boshqalarida aksincha, tug‘ilish yuqori darajada saqlanmoqda.

Ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yakunida tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan mamlakat — Malta. Bu yerda bir ayol umri davomida o‘rtacha 1,06 nafar bola dunyoga keltirgan. Shuningdek, Tayvan (1,11), Janubiy Koreya (1,12), Ispaniya (1,12), Singapur (1,17), Litva (1,18), Polsha (1,20), Italiya (1,21), Ukraina (1,22) va Gonkong (1,24) ham tug‘ilish darajasi past bo‘lgan davlatlar qatorida.

Boshqa tarafdan, tug‘ilish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar ham bor. Ro‘yxatning yuqori qismida Niger (6,64) turibdi. Shu bilan birga, Angola (5,7), Kongo (5,49), Mali (5,35), Benin (5,34), Chad (5,24), Uganda (5,17), Somali (5,12), Janubiy Sudan (5,09) va Burundi (4,9) kabi davlatlarda ham tug‘ilish ko‘rsatkichlari juda yuqori.

Jahon bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich esa 2,33 nafar bolani tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda qayerda tug‘ilish eng kam va eng ko‘p?