date

Netanyaxu Misrdagi tinchlik sammitiga borishdan bosh tortdi

Netanyaxu Misrdagi tinchlik sammitiga borishdan bosh tortdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Misrning Sharm al-Shayx shahrida o‘tkaziladigan tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Isroil bosh vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Isroilning 12-kanali xabariga ko‘ra, voqeadan oldin Misr prezidenti va AQSH rahbari Donald Tramp ishtirokida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan. Shu jarayonda Netanyaxuga sammitga taklif berilgan, ammo u bu taklifni rad etgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, bosh vazir “bayram yaqinlashayotgani”ni sabab qilib ko‘rsatgan. Shu bois u Sharm al-Shayxdagi uchrashuvda shaxsan qatnashmaslikka qaror qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Misrdagi tinchlik sammitiga borishdan bosh tortdi