date

Zelenskiyning Vashington safari: urush va energetika asosiy mavzu

Zelenskiyning Vashington safari: urush va energetika asosiy mavzu

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrif buyurib, bu safarning asosiy maqsadlarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tashrif chog‘ida mudofaa va energetika sohalarida muhim muzokaralar o‘tkaziladi.

“Allaqachon Vashingtondaman. Bugun mudofaa sohasidagi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Ular Ukraina muhofazasini mustahkamlashga qodir bo‘lgan kuchli qurol ishlab chiqaruvchilar. Xususan, havo hujumidan himoya tizimlarini qo‘shimcha yetkazib berish masalasini muhokama qilamiz,” — deb yozdi Zelenskiy Telegram'dagi sahifasida.

Davlat rahbari shuningdek, Amerika energetika kompaniyalari bilan ham muzokaralar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har kuni Ukraina energetika tizimiga zarba bermoqda va mamlakat barqarorligini saqlab qolish muhim vazifaga aylangan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, ertaga u AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu muloqotdan Ukraina rahbari Rossiya bilan urushni tugatish yo‘lida ilgarilash bo‘lishiga umid qilmoqda.

“Bu uchrashuv Rossiyaga qarshi urushni yakunlashga xizmat qiladi, deb ishonaman. Kuch va adolat tili Moskva bilan ham samarali ishlaydi. Biz Rossiyaning yangi qurollar haqida eshitgan zahotiyoq muzokaraga tayyorlanayotganini ko‘rib turibmiz”, — dedi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyning Vashington safari: urush va energetika asosiy mavzu