Amerika Qo‘shma Shtatlarida odam o‘ldirish jinoyatida nohaq ayblangan va umrining 43-yilini temir panjaralar ortida o‘tkazgan erkak — Subramanyam Vedam nihoyat ozodlikka chiqdi. Biroq endi uni yana bir sinov kutmoqda — hindistonlik erkak deportatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vedam oktyabr oyida yangi dalillar asosida sobiq xonadoshining o‘limi bo‘yicha oqlangan. Ammo erkinlikka chiqishidan avvaloq, u AQSHning Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari tomonidan hibsga olingan. Endi u yuz yillar davomida yashab kelgan Amerikadan o‘z ona yurti Hindistonga qaytarilishi ehtimoli bor.
Voqealar rivojiga nazar tashlasak, 1980-yilda 19 yoshli kollej talabasi Tom Kinser bedarak yo‘qolgan. To‘qqiz oydan so‘ng uning bosh suyagi o‘q jarohati bilan o‘rmonda topilgan va shundan keyin Vedam aybdor sifatida qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni Vedam Kinserdan uning mashinasida sayr qilishni so‘ragan, ammo keyin avtomobil odatdagi joyiga qaytarilgan — uni kim olib kelgani noma’lum bo‘lgan.
Shu asosda Vedam hibsga olinib, garovga qo‘yilmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari uni “qochib ketishi mumkin bo‘lgan xorijlik” sifatida e’lon qilgan. 1982-yilda sud uni aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm etgan. Keyinroq u giyohvand moddalarga oid ayblov bilan yana 2,5–5-yillik jazoga hukm qilingan.
Shundan beri Vedam har doim o‘zining begunohligini ta’kidlab kelgan. Uning oilasi jinoyatga bog‘liq hech qanday qat’iy dalil yo‘qligini ma’lum qilgan. Yangi texnologiyalar yordamida o‘tkazilgan ekspertizalar va DNK tahlillari keyinchalik Vedamni oqlashga asos bo‘ldi.
Biroq endi, ozodlikka chiqqanidan so‘ng ham, uning taqdiri yana xatar ostida. Sababi — u 1988-yildagi sud hukmi tufayli deportatsiya ro‘yxatiga kiritilgan va hozirda ICE uni Hindistonga qayta yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Vedam to‘qqiz oyligida ota-onasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan, shu yerda o‘sib-ulg‘aygan va qonuniy doimiy rezident sifatida yashab kelgan. Hatto ozodlikka chiqishidan oldin u AQSH fuqaroligini olish uchun ariza ham topshirgan. Uning ota-onasi va qarindoshlari ham AQSH hamda Kanadada yashaydi.
Vedamning advokati Ava Benach bu holatni qattiq qoralab, shunday dedi:
Bu voqea Amerika sud tizimidagi eng uzoq vaqt nohaq qamalish holatlaridan biri sifatida tarixga kirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!