date

Tayra Benks “issiq muzqaymoq” bilan Avstraliyani lol qildi

Tayra Benks “issiq muzqaymoq” bilan Avstraliyani lol qildi

Mashhur supermodel va tadbirkor Tayra Benks o‘zining yangi g‘oyasi bilan yana bir bor e’tibor markazida. Uning Smize & Dream kompaniyasi Hot Mama deb nomlangan “issiq muzqaymoq”ni sotuvga chiqardi, deb yozadi CNN.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Avstraliyada allaqachon katta muvaffaqiyatga erishgan. Tayra endi loyihani AQSHda ham kengaytirishni rejalashtirmoqda — yaqin vaqtlarda mamlakatda maxsus Hot Mama kafelari ochiladi.

Benks ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotni targ‘ib qilib, uning oddiy ichimliklardan farqli ekanini ta’kidladi:

“Bu latte ham emas, issiq shokolad ham emas. Bu — suyultirilgan issiq muzqaymoq! Suyuq, iliq va ichish uchun tayyor. Buni ichish mumkin, bolam,” — deyiladi reklama roligida.

Hot Mama oddiy muzqaymoq emas — u maxsus usulda chayqalib, isitiladi va natijada suyuq, qaymoqsimon va yumshoq konsistensiya hosil qiladi. Bu esa uni to‘g‘ridan to‘g‘ri stakandan ichish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi mahsulot muhokamasi qizg‘in. Ayrimlar bu g‘oyani “genial” deb baholashsa, boshqalar hanuz tushunib ulgurmayapti — muzqaymoqni issiq qilib ichish qay darajada mantiqiy?

Shundoq bo‘lsa-da, Tayra Benksning “issiq muzqaymoq”i hozirning o‘zidayoq dunyo bo‘ylab qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayra Benks “issiq muzqaymoq” bilan Avstraliyani lol qildi