AQSH prezidenti Donald Tramp navbatdagi siyosiy bayonotida dunyodagi navbatdagi mojarolardan birini hal etish yaqin ekanini ma’lum qildi.
Oq uyda respublikachi senatorlar bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan Trampning ta’kidlashicha, u o‘z prezidentlik faoliyati davomida sakkizta xalqaro inqirozni bartaraf etgan va endi to‘qqizinchisi yakunlanish ostonasida turibdi.
“Ishoning yoki yo‘q, to‘qqizinchi mojaro bo‘yicha yechim yaqin. Ukrainadagi urushning tugashi ham endi ko‘zga tashlanmoqda”, — dedi AQSH rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning tashqi siyosatdagi yangi qadamlari tinchlikka erishishni asosiy maqsad qilib olgan va bu jarayon “tez orada samara berishi” kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar