
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki davlat rahbari Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan, Suriyadagi vaziyatni hal qilishga doir muzokaralarni muhokama qilishdi. Bu haqida TASS agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
"Ostonada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Suriyadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga doir muzokaralar, shuningdek Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamda Kollektiv xavfsizlik kelishuv tashkiloti sammitlari yakunlari muhokama qilindi", - deya ma’lum qildi Kreml matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar