Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga Rojdestvo va kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qutlov yo‘lladi.
Kreml matbuot xizmatiga asoslanib Kun.uz sayti xabar berishicha, bunday maktub AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga ham jo‘natilgan. Unda siyosatchining rasman lavozimiga kirishganidan so‘ng tomonlar munosabatlarni tiklash bo‘yicha qadamlarni qo‘yishiga umid bildirilgan.
Trampga yo‘llangan maktubda aytilishicha, “so‘nggi yillarda mamlakatlar duch kelayotgan jiddiy global va mintaqaviy masalalar rus-amerika munosabatlari zamonaviy dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim omil bo‘lib qolishini ko‘rsatib berdi”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin MDH davlatlarining barcha etakchilariga qutlov yuborgan, biroq Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoni e’tibordan chetda qoldirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi