date

AQSHda ukrainalik ayolni o‘ldirgan jinoyatchiga o‘lim jazosimi?

AQSHda ukrainalik ayolni o‘ldirgan jinoyatchiga o‘lim jazosimi?

AQSHda 34 yoshli Dekarlos Braun 23 yoshli ukrainalik qochqin Irina Zarutskayani qasddan o‘ldirganlikda ayblanmoqda. NBC News ma’lumotiga ko‘ra, hakamlar hay’ati uning harakatlarini “atayin sodir etilgan qotillik” deb baholagan. Bu ayblov unga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash ehtimolini kuchaytiradi.

Irina Ukrainadagi urushdan qochib, yangi hayot boshlash umidi bilan AQSHga kelgan edi. U ingliz tilini o‘rganib, mustaqil ravishda ishga joylashgan. Ammo 22 avgust kuni fojiali voqea yuz berdi — jamoat transportida Braun unga pichoq bilan uch marta zarba bergan va ayol hodisa joyida halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi ilgari ham qurolli talonchilik va o‘g‘rilik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hujumdan keyin u politsiya tomonidan darhol qo‘lga olingan.

Irinaning yaqinlari adolat tiklanishini talab qilmoqda va prokuraturaning qat’iy pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirishgan.

Fojiadan keyin Shimoliy Karolina gubernatori «Irina qonuni»ni imzoladi. Yangi qonunga ko‘ra, sudlar garov puli miqdorini belgilashdan avval jinoyatchi shaxsning xavflilik darajasini sinchkovlik bilan baholashlari shart bo‘ladi.

Bu qonun fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va shunday holatlarning oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ukrainalik ayolni o‘ldirgan jinoyatchiga o‘lim jazosimi?