date

Luvrni talashning yangi ishtirokchilari qo‘lga olindi

Luvrni talashning yangi ishtirokchilari qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Luvrdagi Apollon galereyasidan 102 mln dollarlik xazinani o‘g‘irlashda gumonlangan yana besh kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Parij prokurori Lor Bekkuoning bugun RTL radiostansiyasiga ma’lum qilishicha, so‘nggi gumonlanuvchilar chorshanba kuni kechqurun Parij va uning shimoliy chekkalarida o‘tkazilgan bir qator reydlar chog‘ida hibsga olingan. Ulardan biri jinoyat joyida qoldirilgan DNK izlari orqali aniqlangan, biroq gumonlanuvchilarning barchasi jinoyatga aloqador yoki yo‘qligi noma’lum. Gumonlanuvchilardan topilgan telefonlar va boshqa buyumlar tergovchilarga ularning shifrlangan xabarlarini o‘rganish imkonini berganidan so‘ng tergov ishlari avj oldi.

Shuningdek, Bekkuoning qo‘shimcha qilishicha, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan politsiya bo‘linmasi o‘g‘irlangan artefaktlarni qidirish uchun qora bozorni o‘rganmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho buyumlar pul yuvish uchun yoki uyushgan jinoyatchilik doiralarida mayda pul sifatida ishlatilishi mumkin.

19 oktyabr kuni kapyushon kiygan to‘rt nafar bosqinchi ertalab muzey ish vaqtida o‘lja bilan qochib ketib, tashrif buyuriladigan muzeyning xavfsizlik tizimidagi bo‘shliqlarni namoyish etdi. Bu qo‘pol o‘g‘irlik butun dunyoni larzaga soldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Luvrni talashning yangi ishtirokchilari qo‘lga olindi