
Turkiya chegara xizmatlari Erondan mamlakat hududiga katta miqdorda narkotik moddalar olib kirishga qilingan urinishni bartaraf etdi.
“Report” nashri yozishicha, Turkiya Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 1 noyabr kuni Ag‘ri viloyatidagi Gurbuloq nazorat-o‘tkazish punktlaridan birida o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida 721 kilogramm suyuq metamfetamin topilgan.
Qayd etilishicha, musodara qilingan giyohvand moddalarning umumiy bahosi 2 milliard 612 million turk lirasiga, ya’ni taxminan 62 million 185 ming AQSH dollariga teng.
Shuningdek, yil boshidan buyon Turkiyada jami 30,1 ming kilogramm narkotik modda qo‘lga olingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 96 milliard dollardan oshgani ma’lum qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar