AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp mashhur aktyor Arnold Shvarseneggerni "Mashhurning shogirdi" realiti-shousining past reytinglari uchun tanqid qildi. Hozirda aktyor ushbu shouga boshlovchilik qilmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.
Tramp bu haqdagi fikrini tvitterda chop etdi. "Reytinglar chop etildi va Arnold Shvarsenegger reytinglar ustasi Donald Trampga nisbatan kasodga uchradi", deb yozgan Tramp o‘z haqida uchinchi shaxsda gapirib. "Mana senga kinofilmlar yulduzi va biz shouning 1-mavsumini 14-mavsumi bilan taqqoslamoqdamiz. Endi uning natijalarini mening birinchi mavsumdagilar bilan taqqoslang. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi, axir u Keysik va Xillarini qo‘llab-quvvatlagan", deb tanqid qildi aktyorni Tramp.
Ushbu shouni Shvarseneggerdan avval Tramp olib borgan, biroq u AQSh prezidentlik poygasida aytgan mojaroli so‘zlari uchun shoudan bo‘shatib yuborilgandi. Shou yanvar oyida yana tiklandi, biroq bu gal unga Shvarsenegger boshlovchilik qila boshlagan.
Ushbu teleshouda xayriya tashkilotlariga iloji boricha ko‘proq mablag‘ yig‘ishga intiluvchi yulduzlar ishtirok etadi. Ushbu shou tadbirkorlar Tramp kompaniyalaridan birida ishlash huquqini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan "Shogird" loyihasining bir yo‘nalishi hisoblanadi.
Shvarsenegger respublikachilar tarafdori bo‘lsada, saylovoldi poygasi vaqtida ushbu partiya vakili bo‘lgan Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan. Aktyor buni mamlakatning manfaatlarini partiyanikidan ustunroq qo‘yishi bilan tushuntirgan. Aktyor jumladan Trampning raqiblari Xillari Klinton va Ogayo shtati gubernatori Jon Keysikni qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi