
AQShdagi prezidentlik saylovlarini yutqazgan Hillari Klinton 2017 yil kuzida o‘z nomzodini Nyu-York meri lavozimi uchun saylovlarga qo‘yishi mumkin. Bu haqda New York Daily nashriga asoslanib Kun.uz ma’lum qilmoqda.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, Klintonning tarafdorlari uni siyosatga qaytishga va Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazioga chaqiriq tashlashga ko‘ndirishmoqda. Klintonning o‘zi ham gap orasida bu imkoniyatni rad etmagan. Saylovlar 7 noyabrga belgilangan va Klintonda ularga tayyorlanish uchun hali vaqt serob.
Nashrning ta’kidlashicha, Klinton va de Blazio o‘rtasidagi iliq munosabatlar mer Klintonni prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlashni istamaganidan keyin keskin yomonlashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar