
Moskvadagi Rojdestvo tuni nafaqat bu yilgi qish mavsumining eng sovuq tuni bo‘ldi, balki meteorologik kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi 120 yildagi eng sovuq tun sifatida rekord natijani qayd etdi. Bu haqda Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
"Moskvada 29,9 daraja sovuq qayd etildi. Viloyatlar bo‘yicha eng past harorat Klin va Dmitrovda qayd etildi - 33,4 daraja sovuq", - dedi markaz mutaxassisi.
"Fobos" ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kunidan poytaxtda havo harorati biroz ko‘tarila boshlaydi.
Manbada ta’kidlanishicha, so‘nggi 120 yil ichidagi eng sovuq harorat Rojdestvo tuniga to‘g‘ri kelgan. Mutloq rekord esa 1881 yilda qayd etilgan - o‘shanda havo harorati 35 daraja sovuq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar