10:08 / 17.01.2017
12 644

Urush! Noming o‘chsin jahonda... Asad va Allush Astanada Suriya tinchi uchun uchrashadilar

Urush! Noming o‘chsin jahonda... Asad va Allush Astanada Suriya tinchi uchun uchrashadilar

Millionlab insonlarning tinchini buzgan Suriyadagi qirg‘inbarot urushning barham topishi 2017 yilning eng muhim hodisasi bo‘lishi tayin. Bu yo‘ldagi jiddiy sa’y-harakatlar olib borilayotgani kishini xursand qiladi albatta. Urush va uning ayanchli oqibatlarini Damashqda istiqomat qilayotgan sakkiz yashar Mariya ismli qizaloq o‘zining chizgan rasmlari bilan ifodalab bergani minglab insonlar qalbini larzaga keltirganini aytmaysizmi! Uning otasi Bassem Barguti: “Ming afsuski, qizim tinchlik nima ekanligini bilmay ulg‘aymoqda. Suriyada urush boshlangan vaqtda qizim endigina uch yoshga to‘lgan edi”, - deydi alam bilan. Yaxshiyamki, Mariyaning otasi bor. Bu voqea haqida eshitganimda beixtiyor shoira Zulfiyaning she’ri yodimga keldi.
Urush!
Noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda
OTA nomli buyuk shodlik kam!

Ko‘plab norasidalarni otasiz qolishiga sabab bo‘layotgan urushning tugashi bizni quvontirmay qo‘ymaydi.
Qizaloq Mariyadan "Urush nima?" - deb so‘ralganda, u “Insonlarning bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatsiz bo‘lishlari”, deb javob berdi.
Oqibat, mehr ko‘tarilmasin insonlardan. Er yuzida birorta go‘dak ota mehridan judo bo‘lmasligi, eng qimmatli kishisidan ajralib, bolalik gashtini surish o‘rniga ayanchda qolmasligi uchun: “Urush, noming o‘chsin jahonda” degimiz keladi.
Suriyadagi tinchlik ko‘p jihatdan 23 yanvar kuni Qozog‘iston poytaxti Astanada o‘tkaziladigan muzokaralarga bog‘liq. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya rahbari Rajab Tayip Erdog‘anlar qarama-qarshi tomonlar vakillarini Astanaga taklif etishgan. Unda mintaqadagi yana bir yirik davlat Eron ham ishtirok etadi. Kuni kecha AQSh davlat kotibi Jon Kerri yangi saylangan Tramp vakillari ham ushbu yig‘inda ishtirok etishlariga umid bildirdi.
Bundan sal avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad “muzokaralar natijasi unda qaysi muxolifat vakillari ishtirok etishiga bog‘liq. U Suriya halqi vakillaridan iborat bo‘lishi kerak. Saudlar, fransuzlar yoki britaniyaliklardan iborat bo‘lmasligi kerak” - deya bayonot bergandi. Bugun matbuotda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Astanada hukumat qarshisiga qaysi muholifat vakillari chiqishi ma’lum bo‘ldi. Hukumatga qarshi "Jeysh al Islom" guruhi vakili Muhammad Allush Curiya muholifati delegasiyasiga rahbarlik qiladi. U bilan birga turli qurolli guruhlar etakchilari ham hozir bo‘ladilar. Eng muhimi tomonlarning muzokara stoli atrofida to‘planishi. Barcha masalalar bo‘yicha kelishuv asta-sekin amalga oshirilaveradi. Chunki, yaqin olti yildan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar nafaqat Suriya xalqini, balki butun dunyoni charchatdi. Bu charchoqni yozadigan davrni “xush kelding” deymiz. O‘lkadagi tinchlikni “xush kelding” deymiz. Tinchlik er yuzida abadul-abad bo‘lsin deymiz!

Anvar Ikramov

Manba: Vodiymedia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush! Noming o‘chsin jahonda... Asad va Allush Astanada Suriya tinchi uchun uchrashadilar