date

Moskvalik ayol erining xiyonatini seksual musiqa orqali fosh qildi

Moskvalik ayol erining xiyonatini seksual musiqa orqali fosh qildi

29 yoshli moskvalik ayol erining xiyonatini tasodifiy tarzda eshitilgan “seks uchun qo‘yiladigan musiqa” orqali bilib qoldi. Bu haqda Baza telegram-kanaliga tayanib Pravilamag xabar berdi.

Kanalning yozishicha, erkak xotiniga xizmat safariga ketayotganini aytgan, biroq aslida Torjokdagi ma’shuqasining oldiga borgan.

Bir payt u o‘z telefondagi ovozli yordamchiga “seks uchun musiqa qo‘y” deb buyruq bergan. Mazkur buyruq uning uyda qolgan yana bir aqlli kolonkasida ham ovozli ravishda takrorlanib, musiqa baland yangragan. Xotini uyqudan uyg‘ongan va vaziyatni tushunib yetgan.

Baza'ning yozishicha, erkak uyga qaytgach, xotini uni yolg‘on va xiyonatda ayblagan, natijada u barchasini tan olgan. Ayol esa undan ajralish uchun ariza bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Moskvalik ayol erining xiyonatini seksual musiqa orqali fosh qildi