Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiyaga yaqin vaqt davomida borishi haqida ma’lum qildi. U tashrif davomida tinchlik bitimi masalasini ilgari suradi. Bu haqda "TASS"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
«Men Rossiyaga qulay imkoniyatdan foydalanish maqsadida yaqin vaqt davomida tashrif buyuraman», - dedi Yaponiya bosh vaziri parlamentda plenar sessiya boshlanishi bilan munosabati bilan so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 70 yildan beri davom etib kelayotgan hududiy yaxlitlik muammosini hal qilish ancha qiyin masaladir.
Bundan tashqari, Abe Yaponiya va Rossiya munosabatlarining yaxshilanishi Shimoli-Sharqiy Osiyodagi xavfsizlik nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.
«Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi juda muhim. Biroq Ikkinchi jahon urushi yakuniga etganidan 70 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham mamlakatlarimiz tinchlik bitimini imzolamagan. Bu yaxshi emas», - deya xulosa qildi siyosatchi.
Avvalroq Rossiya hukumati bosh vazir o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiya Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeni 2017 yilda ikki marta qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi