
Vengriyalik o‘quvchilar avtobusi Italiya shimolida halokatga uchrashi va yonib ketishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgani haqida Sharh.uz sayti xabar bermoqda.
Agentlikka ko‘ra, 39 kishi omon qolgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi jiddiy jarohat olgan.
Hozirda avtobus halokatiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Tungi vaqtda yo‘lda ketayotgan avtobus ko‘prik tayanchiga kelib urilgan bo‘lib, boshqa avtomobillar avtohalokatda ishtirok etmagan.
Vengriya TIVsi avtobus haydovchisining boshqaruvni yo‘qotganini ma’lum qilmoqda. Vengriyadan bo‘lgan o‘quvchilar Fransiyaning tog‘li dam olish hududidan qishki ta’tilni o‘tkazib qaytayotgan bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar