date

Tasmaniya sohiliga uch metrli "seld qiroli" chiqib qoldi

Tasmaniya sohiliga uch metrli "seld qiroli" chiqib qoldi

Tasmaniya shimoli-g‘arbida avstraliyalik qirg‘oqdan ulkan seld qirolini topdi, deb yozadi The Guardian.

Nashrning yozishicha, issiq quyoshli kun bo‘lgan, o‘shanda Pingvin shaharchasida yashovchi Tom Chisman itlarini sayrga olib chiqqan va chag‘alaylar qurshovida kumush rangli nimanidir ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu uch metrli chuqur suvda yashaydigan baliq bo‘lib, uni"falokat darakchisi" deb atashadi.

"Unga yetib borganimda, avvaliga ulkan baliqni ko‘rdim, keyin uning chiroyli rangiga, qorni va boshidan chiqib turgan suzgichlariga e’tibor berdim. Men hech qachon bunday narsani ko‘rmaganman." - deb eslaydi Chisman.

Bu 1500 m gacha chuqurlikda yashaydigan "seld qiroli" yoki "oddiy tasma baliq"dir. Makkuori universiteti ixtiologi Kulum Braunning ta’kidlashicha, bunday baliqlarning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, Chisman tomonidan topilgan uch metrli tasmasimon tana, ehtimol, topilgan baliqlar orasida eng yiriklaridan biri bo‘lishi mumkin.

"Ular juda g‘alati ko‘rinadi. Ular juda uzun va ingichka, tasmaga o‘xshaydi, orqa suzgich qanoti yaxlit," - deydi olim.

Yapon folklorida kamarli tanalar "ryugu-no-sukay" (tarjimasi "dengiz xudosi saroyidan kelgan elchi") nomi bilan tanilgan. Afsonalarda ularning paydo bo‘lishi falokat - zilzila yoki sunamidan darak beradi, deb hisoblangan. Biroq, tadqiqotlarning hech biri ushbu dengiz jonzotlarining paydo bo‘lishi va halokatlar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik borligini aniqlamagan.

"Ular shunchaki tasodifan paydo bo‘ladi. Ular faqat kasal bo‘lganlarida yoki vafot etganlarida yuzaga chiqadi. Biz ular haqida ko‘p narsa bilmaymiz. Shunday ekan, qirg‘oqqa tashlangan har qanday nusxa haqiqatan ham qadrli," - deya qo‘shimcha qildi ixtiolog.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tasmaniya sohiliga uch metrli "seld qiroli" chiqib qoldi