01:35 / 23.01.2017
6 398

Yangi yil kechasi Istanbulda ikkita terakt amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi

Yangi yil kechasi Istanbulda ikkita terakt amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi

Yangi yil kechasi kuni Istanbuldagi tungi klubilardan birida terakt sodir etgan shaxs voqeadan 16 kun o‘tib, Esenyurt tumanida qo‘lga olingandi. Terrorchi Abdulqodir Masharipov ushlangan vaqtda uning qo‘l telefoni va noutbuki polisiya tomonidan olib qo‘yildi va tekshirildi.

Noutbukdagi ma’lumotlardan aniqlanishicha, Yangi yil kechasi Istanbulda ikkita terakt uyushtirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Haber7.com” saytiga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Kompyuterdagi ovozli va matnli xabarlar orqali 5 ta teraktdan ikkitasi Istanbul shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgani aniqlandi. Ulardan biri tungi klubdagi terakt bo‘lsa, ikkinchisi boshqa joyda sodir etilishi kerak edi.

Ayni vaqtda polisiya ikkinchi terrorchini qidirish ishlari boshlab yuborgan. Abdulqodir Masharipov yurgan Zeytinburnu va Bashakshahardagi barcha ko‘cha kameralari yozuvlari sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi yil kechasi Istanbulda ikkita terakt amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi