
45 yoshli Ganga va Jamuna Mondalalar - siam egizaklari. Ular dunyoga "O‘rgimchak opa-singil" nomi bilan tanilgan. Bu haqda Nur.kz nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Ular G‘arbiy Bengaliya, Hindistonda yashashadi. Bir oilada dunyoga kelgan egizaklarning oshqozoni umumiy, lekin ularning har biri o‘z yuragi, buyragi va jigariga ega. Egizaklarning ota-onasi tibbiy yordam to‘lovlarini amalga oshirolmagani sabab o‘smirlik chog‘ida ulardan voz kechishgan.
Biroq shunga qaramay opa-singillar omon qolishgan. Ganga va Jamuna “Drimlend” sirkida ishlab, Hindiston bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lishgan. Kishilar ularni ko‘rgani kelgani uchun pul to‘lashardi.

O‘zining "noodatiy" tashqi qiyofasi tufayli Ganga va Jamuna uzoq vaqt shaxsiy hayotni iziga qo‘ya olishmadi. Ko‘pchilik ularning ustidan kular yoki chiqishtirmasdi.
Biroq kunlarning birida opa-singillar Jasamuddin Ahmad ismli karnavalchini uchratib qolishdi... va kutilmaganda shu insonga ko‘ngil qo‘yishganini anglab etishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar