date

Bolalar xavfsizligi uchun: Malayziyada ijtimoiy tarmoqlarga 16 yoshdan kirish taqiqlanadi!

Bolalar xavfsizligi uchun: Malayziyada ijtimoiy tarmoqlarga 16 yoshdan kirish taqiqlanadi!

Malayziyada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tartibiga katta o‘zgarishlarga hozirlik ko‘rilmoqda. Mamlakat hukumati 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlarda yangi sahifa ochishni cheklash rejasini e’lon qildi. Bu muhim yangilik 2026-yildan boshlab amal qilishi kutilyapti.

Onlayn xavfsizlik – asosiy maqsad

Malayziya aloqa vaziri Fahmi Fozilning ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi bolalarni virtual xavflardan himoyalashga yo‘naltirilgan bu tashabbusni ma’qullagan. Hukumat qarorni onlayn-bulling, firibgarlikka jalb qilish, salbiy mazmundagi materiallarning tarqalishi va shaxsiy daxlsizlikning buzilishi kabi xavflar keskin oshgani bilan izohlamoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi yosh nazorati choralari yetarlicha samarali bo‘lmaganligi vaziyatni qat’iylashtirishni talab qildi.

Texnik va huquqiy tasdiqlash kutilmoqda

Reja 2026-yil boshidan kuchga kirishi mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu hali to‘liq qonuniy jihatdan majburiy hujjat emas. Hozircha bu hukumat tomonidan tasdiqlangan, huquqiy shaklda mustahkamlanishi kerak bo‘lgan rejadir.

Joriy yil yanvar oyidan boshlab, Malayziyada 8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega platformalar litsenziya olishi va yoshni tasdiqlash tizimini yo‘lga qo‘yishi talab etilmoqda, bu bo‘lajak cheklashga tayyorgarlik qadamidir.

Qayd etish joizki, bu borada Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bolalar xavfsizligi uchun: Malayziyada ijtimoiy tarmoqlarga 16 yoshdan kirish taqiqlanadi!