date

Estoniya bolalarga elektrosamokatni cheklashga tayyorlanmoqda

Estoniya bolalarga elektrosamokatni cheklashga tayyorlanmoqda

Estoniyada voyaga yetmaganlar tomonidan elektr dvigatelli yengil transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish keskin ortib borayotgani sabab, hukumat bu sohadagi tartib-qoidalarni yanada qattiqlashtirishga jiddiy kirishdi. Iqlim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avariyalarning katta qismi aynan 7–14 yosh orasidagi bolalar bilan bog‘liq bo‘lib, bu statistika mutasaddilarni jiddiy tashvishga solgan.

Rasmiylar 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga elektrosamokat va mini mopedlarda harakatlanishni to‘liq taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, 10–15 yoshdagilar uchun ham velosiped haydash kabi maxsus huquq talab etilishi mumkin. Infratuzilma vaziri Kuldar Leys ta’kidlashicha, maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va yo‘llardagi xavfli vaziyatlarni kamaytirish.

Politsiya va chegara xizmati statistikasiga qaraganda, 2025-yilda yengil elektr transport vositalari bilan bog‘liq 303 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan — bu o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga kam. Biroq shunga qaramay, hodisalarning chorak qismida voyaga yetmaganlar ishtirok etayotgani vaziyatning jiddiyligini ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda ayrim tez yuruvchi elektrosamokatlar (40–60 km/soat, ba’zan 100 km/soatgacha) bolalar qo‘liga oson tushmoqda. Voltrayd do‘koni asoschilaridan biri Mart Eynpalu aytishicha, ularning xaridorlarining uchdan biri aynan yoshlar:

“Ba’zi o‘smirlar xavfsizlikni o‘ylamay, shunchaki ‘do‘stiniki kabi’ samokatni istaydi. Yevropa Ittifoqida cheklovsiz modellar taqiqlangan bo‘lsa-da, ularni internetdan topish qiyin emas”, ― deydi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Estoniya bolalarga elektrosamokatni cheklashga tayyorlanmoqda