
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga Yevropa yetakchilari tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasini «nokonstruktiv va qabul qilib bo‘lmaydigan» deb hisoblamoqda. Bu haqda dushanba kuni, 24 noyabrda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi. Ushbu keskin bayonot AQSH va Ukraina delegatsiyalari Jenevada «asosiy hujjat» iShlab chiqqan bir paytda yangradi.
Moskvaning shartlari
"Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi atrofida ko‘plab mish-mishlar tarqalgan, Rossiya Federatsiyasi faqat AQSHdan olingan rasmiy ma’lumotlarga tayanadi," — deya Putin yordamchisining so‘zlarini keltirdi TASS. Ushakov Moskva «AQSHning tinchlik rejasi variantlaridan biri bilan tanish va undagi ko‘plab bandlar Rossiya uchun ma’qul kelishini» aytdi. Biroq, bu variant bo‘yicha hali amaliy muhokamalar bo‘lmagan. U Vashington yaqin vaqt ichida detaliarni muhokama qilish uchun aloqaga chiqadi, deb umid bildirdi, ammo Ukraina va Yevropani ehtimoiy muzokarachi sifatida tilga olmadi.
Jenevadagi yutuq
24 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina va AQSH rasmiylari Jenevada o‘tkazilgan samarali muzokaralar natijasida tinchlikka erishish bo‘yicha yangilangan «asosiy hujjat» iShlab chiqilganini ma’lum qildi. AQSH davlat kotibi Marko Rubio qayta iShlangan reja amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi. Oq uy esa yangilangan reja Rossiya tomoniga yana bir bor taqdim etilishi lozimligini bildirdi.
Tramnning optimizmi va Yevropaning ta’siri
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «tinchlik muzokaralarida ehtimoiy yutuqlar» haqida yozib, optimistik fikr bildirdi. Shu bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, Yevropa tomoni Kiyev foydasiga qaratilgan holda bir qator muhim bandlarni sezilarli darajada yumshatishni taklif qilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati taklif qilgan dastlabki 28 bandlik reja Jenevadagi muzokaralardan so‘ng 19 bandga qadar qisqartirilgan. Jurnalistlarning yozishicha, rejaning asosida Yevropa loyihalariidan biri emas, balki AQSHning dastlabki taklifi turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.