date

Yangi Zelandiya yovvoyi mushuklarga qarshi qat’iy reja boshladi

Yangi Zelandiya yovvoyi mushuklarga qarshi qat’iy reja boshladi

Yangi Zelandiyada 2050-yilgacha yovvoyi mushuklarni butunlay bartaraf etish rejasi amalga qo‘yilmoqda. Mamlakat hukumati ularni rasman “Yirtqichlarsiz – 2050” dasturiga kiritdi va Tama Potakaning ta’kidlashicha, bu tabiatni muhofaza qilishda yangi bosqich hisoblanadi. Ilgari ro‘yxatda kalamushlar, stoat, ferret, lasalar va opossumlar bor edi. Endi esa yo‘qotiladigan zararli turlar safi yana kengaydi.

Yovvoyi mushuklar mamlakatga avvalo yevropaliklar orqali kirib kelgan va vaqt o‘tishi bilan uy mushuklarining yovvoyilashishi natijasida shakllangan. Ular har yili taxminan 1,12 million qushni o‘ldirishi belgilangan — bu ko‘plab mahalliy turlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 2,5 milliondan ortiq yovvoyi mushuk bor va ayrim mintaqalarda ularning ta’siri ekologik falokat darajasiga yetgan.

Hukumat ayrim hududlarda bu turga qarshi tadbirlarni boshlab bo‘lgan, ammo endilikda keng ko‘lamli va mustahkam strategiya joriy etiladi. Masalan, Styuart oroli va Ruapexu atrofidagi ko‘rshapalaklar populyatsiyasi mushuklar sabab keskin qisqargani qayd etilgan. Potakaning so‘zlariga ko‘ra, bioxilma-xillikni tiklash uchun mushuklarni boshqa zararli yirtqichlar qatorida qat’iy nazorat qilish zarur.

Avvallari jamoatchilik bu g‘oyaga qattiq qarshi chiqqan bo‘lsa, hozir aksariyat aholi — taxminan 90 foiz — yovvoyi mushuklarni ro‘yxatga kiritishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Uy mushuklari strategiyadan tashqari bo‘lsa-da, SPCA va Predator Free Trust kabi tashkilotlar majburiy mikrochiplash, sterilizatsiya va uyda saqlash kabi talablarni ilgari surmoqda.

Yangi Zelandiya uchun bu tashabbus nafaqat ekologik zarurat, balki noyob qushlar va hayvonot dunyosi merosini saqlab qolish missiyasi sifatida ham ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya yovvoyi mushuklarga qarshi qat’iy reja boshladi