date

Ukrainaga yordam va Tramp: Nemis parlamentidagi qizg‘in tortishuv!

Ukrainaga yordam va Tramp: Nemis parlamentidagi qizg‘in tortishuv!

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga chek qo‘yish bo‘yicha bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan AQSH rejasi Germaniya Bundestagining kun tartibiga ham kirib keldi. Chorshanba, 26 noyabr kuni formal jihatdan 2026 yil byudjeti loyihasiga bag‘ishlangan Oliy debatlarda (Generaldebatte) Ukrainaga yordam va Rossiya bilan munosabatlar asosiy mavzuga aylandi, bu esa kuchli siyosiy tanglikni yuzaga keltirdi.

Muxolifatning "Rossiya gazi" talabi

Munozara asosiy muxolif "GuM" partiyasi (AfD) hamraisi Alis Vaydelning nutqi bilan boshlandi. U hukumat lojasida o‘tirgan kansler Fridrix Mersga murojaat qilib, "Shukrki, Donald Tramp tufayli bizda tinchlikka haqiqiy imkoniyat bor, siz esa bunga aloqador emassiz", — dedi. Vaydel Ukrainaga yordamni ko‘paytirish rejalarini, Kiyevdagi korrupsion janjalni tilga olib, keskin tanqid qildi. Uning hamkasbi Tino Xrupalla esa "Ukraina Germaniyaning o‘n yettinchi federal yeri emas", deya qo‘shimcha qildi. Vaydel o‘zining 12 bandlik rejasida, aftidan, avvalgi talablarini qaytarib, Rossiyadan "arzon" gaz va neft xarid qilishni tiklashni taklif qildi.

Kansler Mers: Taslim bo‘lish evaziga tinchlik yo‘q!

Kansler Fridrix Mers Rossiya-Ukraina urushiga alohida qism ajratib, bu Yevropa tinchligi va erkinligini saqlash masalasi ekanini ta’kidladi. "Biz o‘lik sukutini xohlamaymiz. Biz taslim bo‘lish hisobiga tinchlikni istamaymiz", — dedi u. Mersning fikricha, "haqiqiy barqaror tinchlik" yirik davlatlarning kelishuvi asosida, Ukraina va yevropaliklar roziligisiz qilinishi mumkin emas. U buning Trampga telefonda shaxsan aytganini ta’kidladi va Kiyevni "qancha kerak bo‘lsa, shuncha" qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Kanslerning nutqi "urush qo‘zg‘ovchi" deb atalgan haqoratli qichqiriqlar bilan kuzatildi.

Yashillarning hissiyotli murojaati va moliyaviy chigallar

Muxolif "Yashillar" fraksiyasi hamraisi Britta Xasselman eng ta’sirchan nutq so‘zladi. U Vaydelga qarata "Qanday qilib nutqni Ukrainada aziyat chekayotgan odamlar haqida o‘ylamasdan boshlash mumkin?!", deya murojaat qildi. Xasselman AQSH/Rossiya takliflarini "Ukrainani tobe qilish rejasi" deb atadi. U, shuningdek, muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukraina ehtiyojlari uchun ishlatishga erishish va’dasini nazorat qilishini bildirdi. Bu masala hozircha katta miqdordagi mablag‘ saqlanayotgan Belgiyaning qarshiligi sabab yechilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaga yordam va Tramp: Nemis parlamentidagi qizg‘in tortishuv!