21:44 / 25.01.2017
6 980

Xitoy sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida etakchilik qilmoqchi...

Xitoy sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida etakchilik qilmoqchi...

Sergey Blagov “Xitoy sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida etakchilik qilish harakatida” nomli maqolasida ta’kidlashicha, yaqinda Davos shahrida XXR raisi Si Szinpin hamda Ukraina prezidenti P.Poroshenko bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Xitoy Ukrainadagi inqirozni tartibga solishdan manfaatdorligi haqida xabar bergan.

XXR rahbarining ushbu bayonoti RF hamda AQSh uchun qog‘ozga o‘ralgan chaqiriq deb baholanmoqda. 2014 yildan boshlab XXR Rossiyaning Ukraina inqirozini tartibga solishida ehtiyotkorlik bilan harakat qilib kelayotgan edi hamda Donbasdagi muammolarda ishtirok etmayotgan edi. Biroq, Xitoy Ukraina inqiroziga zo‘r qiziqish berishi hamda buning uchun o‘z sa’y-harakatlarini amalga oshirishi Donbass borasida boshqa ishtirokchilar (Rossiya, Fransiya va Germaniya) ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Garchi Pekin tomonidan e’lon qilingan ushbu tashabbus Moskvaning hech qanday keskin bayonot qilishiga olib kelmagan bo‘lsa-da, biroq Xitoy-Ukraina muzokaralaridan so‘ng shu zahoti Donbass bo‘yicha muzokara olib boruvchi a’zo mamlakat rahbarlari o‘rtasida telefon muloqotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, Ukraina tomonidan Xitoy bilan strategik hamkorlikni amalga oshirish Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, Kiev Pekin bilan aloqalarning yaxshilanishi orqali AQSh nufuzi susayishi haqida Vashingtonga o‘ziga xos signal yubormoqda.

Ushbu sharoitda Moskva biroz qiyin kechadigan tashqi siyosiy vaziyat oldida bir to‘xtamga kelishi kerak bo‘ladi: Xitoy jilovini ushlab turish uchun D.Tramp siyosatini qabul qilish yoki G‘arbga qarshi chiqqan holda Pekin bilan strategik hamkorlikni rivojlantrish.

O‘z navbatida Xitoyning Ukraina inqirozini hal etishi Rossiya uchun ham o‘ziga xos signal bo‘lishi mumkin: agarda Moskva Vashington bilan o‘z aloqalarini yaxshilab olsa, mazkur harakatlar orqali Pekin Rossiya raqiblari bilan munosabatlarini mustahkamlashiga olib kelish ehtimoli mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida etakchilik qilmoqchi...