Google top-menejeri Daniel Fredinburg Nepaldagi kuchli zilzila oqibatida Everestda sodir bo‘lgan qor qo‘chkisida halok bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.
Fredinburg Google X laboratoriyasining maxfiylik masalalariga javob bergan hamda Everestda Google Street View ni (Google xaritalarini ko‘rishda foydalanuvchilar uchun taqdim qilinadigan manzarali fotosuratlar) yaratish tashabbuschisi bo‘lgan va shaxsan o‘zi tog‘ cho‘qqisiga suratlarni olish uchun kamera bilan ko‘tarilishda ishtirok etgan edi.
“Jamoamizning a’zolaridan biri, Daniel Fredinburgning tog‘ ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganini katta afsus-nadomat bilan ma’lum qilamiz. Jamoaning boshqa ikki a’zosi zilzila paytida lagerni bosib qolgan tog‘ ko‘chkisidan hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olganlar”, deb aytilmoqda toqqa ko‘tarilishni tashkil qilgan Jagged Globe kompaniyasi bergan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi