
Indoneziyada kuchli yomg‘ir va sel toshqinlari natijasida kamida 442 nafar inson halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi rasmiy bayonot berdi. Voqea asosan Sharqiy Indoneziya hududlari — Java va Sulavesi orollarida sodir bo‘ldi.
Toshqinlar sababli yuzlab uylar vayron bo‘lgan, ko‘priklar qulab tushgan, aholi yashash joylari suv ostida qolgan. Ko‘plab avtomobil yo‘llari yopilib, transport harakati izdan chiqqan. Hali ham o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Hozirda minglab qutqaruvchilar va harbiylar tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Hukumat jabrlanganlar uchun vaqtincha yashash joylari tayyorlagan. Indoneziya hukumati xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘rab murojaat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.