
Tinchlik marafoni: Florida, Parij va uch asosiy muammo
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina, uning Yevropa ittifoqchilari va AQSH Vashington tomonidan Rossiya ishtirokida ishlab chiqilgan, so‘ngra Jeneva va Floridadagi uchrashuvlardan keyin o‘zgartirilgan tinchlik rejasi bo‘yicha muhokama qilinayotganini bildirdi. Zelenskiy muzokaralarda eng murakkablaridir deya atagan uchta asosiy masalani sanab o‘tdi: hududlar masalasi, xavfsizlik kafolatlari hamda mudofaa va tiklanish uchun pul ajratilishi.
Dushanba kuni Zelenskiy Fransiyaga safar qildi, yakshanba kuni esa Ukraina delegatsiyasi Floridada AQSH davlat kotibi Marko Rubio, Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazgan. Makron bilan birgalikdagi matbuot konferensiyasida Zelenskiy tinchlik rejasining yakuniy versiyasini kelishish davom etayotganini ta’kidladi. Yakshanba kungi maslahatlashuvlar olti yarim soat davom etgan.
Hudud va moliyalashtirishdagi ziddiyat
"Ochig‘ini aytaman – hududiy masala eng murakkabi, – dedi u. – Pul va tiklanish masalasini esa yevropalik hamkorlarsiz qabul qilish oson emas, chunki pulning o‘zi Yevropada. Men buni to‘g‘ri emas deb hisoblayman. Va xavfsizlik kafolatlari masalasida AQSH tomonidan ham, Yevropa tomonidan ham aniqlik bo‘lishi juda muhimdir".
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, rejaning 28 banddan iborat dastlabki versiyasida Rossiyaning bosib olgan hududlarini tan olish, Ukraina kuchlarini olib chiqib ketish, shuningdek, sanksiyalarni olib tashlash va urush jinoyatchilarini afv etish nazarda tutilgan. Kiyev bunga qarshi chiqqan. "Biz Rossiya bu urush uchun taqdirlash deb bilmasligini kafolatlashimiz kerak. Tajovuzkor tajovuz uchun pul to‘lashi kerak", – deya qat’iy ta’kidladi Zelenskiy.
Muzlatilgan aktivlar va NATO kafolatlari
OAVdagi xabarlarga ko‘ra, Jenevadagi muzokaralardan so‘ng, hududlar masalasi hujjatdan "alohida muhokamaga qoldirilgani" hamda Tramp va Zelenskiy o‘zaro uchrashuvda ko‘rib chiqishi uchun ochiq qoldirilgani aytiladi. Xavfsizlik kafolatlari masalasida NATO nizomining beshinchi moddasiga o‘xshash mexanizm ko‘rib chiqilmoqda. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning "ko‘ngillilar koalitsiyasi" a’zolari takliflarni tayyorlamoqda. "Biz Rossiyaning uchinchi bosqini sodir bo‘lmasligi kafolatlanishini ta’minlash ustida ishlayapmiz", – dedi u.
G‘arb davlatlari Rossiyaning Yevropa Ittifoqi hududida muzlatilgan aktivlaridan mudofaa va tiklanish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Lekin Eeuroclear depozitariysi joylashgan Belgiya pozitsiyasi sababli yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Keyingi qadamlar
Zelenskiy Uitkoff, Makron, Rustem Umerov hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shimcha muloqotlar o‘tkazganini bildirdi. Seshanba kuni Uitkoff Moskvaga safar qildi. Ukraina prezidenti Irlandiyaga boradi, u yerda delegatsiya a’zolari "muzokaralar qaysi nuqtaga yetib kelganini bosqichma-bosqich aytib berishadi". Vladimir Putinning so‘nggi bayonotlariga ko‘ra, Rossiya urushni to‘xtatish shartlari bo‘yicha maksimalistik talablardan voz kechmoqchi emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.