date

Hindistonda oila avtomobilining noodatiy dafn marosimi o‘tkazildi

Hindistonda oila avtomobilining noodatiy dafn marosimi o‘tkazildi

Hindistonning Gujarot shtatidagi Amreli shahrida ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi. Padarshinga qishlog‘ida yashovchi Santay Polara oilasi o‘zlarining "baxt keltiruvchi" deb bilinadigan avtomobillarining dafn marosimini tashkil etdi. Ushbu voqea haqida Times of India nashri xabar berdi.

Polara oilasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan maydonda 4 metrlik o‘ra qazib, 12-yil davomida ularga xizmat qilgan va muvaffaqiyatlarini ramziga aylangan Wagon R avtomobillarini dafn qilishga qaror qilishgan. Bu noodatiy marosimga 1,5 mingdan ortiq kishi, shu jumladan ruhoniylar va diniy ulamolar ham taklif qilingan.

Marosimning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. Videoda gulchambarlar bilan bezatilgan avtomobil, maxsus hududga olib kelinib, ruhoniylar tomonidan duolar o‘qilgandan so‘ng, yashil mato bilan qoplangan va dafn etilgani ko‘rsatilgan.

Avtomobil egasi Sanjay Polaraning aytishicha, bu mashina oila uchun omad va baraka manbai bo‘lgan. "Ushbu avtomobil bizga katta muvaffaqiyatlarni va hurmatni olib keldi. Shuning uchun uni sotish emas, balki izzat-ikrom bilan dafn etishga qaror qildim", — deb ta’kidlagan u.

Ma’raka uchun 4 million rupiy, ya’ni 44 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflangani xabar qilindi. Mehmonlarga bayramona dasturxonlar taqdim etilgan. Shuningdek, avtomobil ko‘milgan joyga kelgusida daraxt ekish rejalashtirilmoqda. "Kelajak avlodlari oilamiz tarixida muhim o‘rin tutgan va baxt olib kelgan bu avtomobilni doim yodda saqlashlari kerak", — deydi tadbir tashkilotchilari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda oila avtomobilining noodatiy dafn marosimi o‘tkazildi