American Airlines samolyotidan 14 kg kokain topildi
1 daqiqa o'qish6.6K


American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning burun qismidan 14 kilogramm kokain topildi. Bu haqda "Reuters"ga tayanib "Kun.uz" yozmoqda.
Hodisa Oklaxoma shtatining Talsa shahrida ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, samolyotlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti burun qismidan 14 kilogramm kokainni havo kemasini ta’mirlash bazasida ko‘zdan kechira turib aniqlagan.
Yuk Kolumbiyadan uchib kelgan bortda topildi. Giyohvand modda yettita to‘g‘ri burchaklik bloklarga o‘ralgan bo‘lgan. Bunday partiyaning ko‘cha bozorlaridagi narxi taxminan 200 ming AQSh dollari atrofida bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi.
- #American Airlines
- #Kokain Topilishi
- #Talsa Shahri
- #Oklaxoma Shtati
- #Boeing 757
- #Giyohvand Modda
- #Havo Kemasini Ta'mirlash
- #Samolyotlarga Xizmat Ko'rsatish
- #Kolumbiyadan Uchish
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…