
“Dushanbe xalqaro aeroporti” OAJ Tojikiston va O‘zbekiston xukumatlari rahbarlari bilan kelishilgan holda joriy yilning 10 fevralidan Dushanbe – Toshkent yo‘nalishlarida parvoz qilish qayta yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Bu haqda “Dushanbe xalqaro aeroporti” OAJ saytiga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Bundan buyon “Somon-Air” aviakompaniyasi bir haftada 1 marta, juma kunlari Dushanbe – Toshkent, Toshkent – Dushanbe yo‘nalishlari bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.
Ayni yo‘nalishda parvoz etishni istaganlar chiptalarni Dushanbe xalqaro aeroportidan xarid qilishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar