AI sabab DoorDash adashmoqda: ovqatni “yomon” qilib ko‘rsatib, pul qaytarib olish avj oldi

AI sabab DoorDash adashmoqda: ovqatni “yomon” qilib ko‘rsatib, pul qaytarib olish avj oldi

Oxirgi paytlarda internetda kulgili, ammo jiddiy muammoga aylanayotgan holat muhokama markazida: odamlar sun’iy intellekt yordamida yetkazib berilgan ovqatlarning ko‘rinishini ataylab yomonlashtirib, DoorDash orqali pullarini qaytarib olishni o‘rganib olgan.

Mazkur vaziyatning yorqin misoli sifatida tarmoqlarda tarqalgan surat: bir xil burgerning “haqiqiy” va “AI bilan buzilgan” talqini qo‘lga kiritilgan. Birinchi rasmda yetkazib berilgan burger normal ko‘rinishda bo‘lsa, ikkinchisida u xo‘rakka yaramas darajada pishganday tuyuladi. Ayrim foydalanuvchilar AI filtrlar orqali go‘shtni xom qiladi, yoki teskari — kuygan, qurib ketgan holatda ko‘rsatadi.

Shu orqali ular DoorDash’ga “sifat past”, “pishmagan”, “yozilganidek emas” kabi da’volar bilan murojaat qilib, pullarini qayta olayotgan ekan.

DoorDash ham javob beryapti: kompaniya AI yordamiga murojaat qildi

Holat ommaviylashgach, DoorDash bu aldov usulini aniqlash uchun o‘z tomonidan ham sun’iy intellektni ishga solayotganini ma’lum qildi. Kompaniya AI modellari orqali:

  • ovqat haqiqatan ham shikastlanganmi yoki sun’iy “buzib ko‘rsatilganmi”,
  • rasmdagi burger, pissa yoki taom real yetkazib berilgan narsami,
  • rasm qandaydir filtr orqali o‘zgartirilganmi

kabi jihatlarni tekshirib chiqadi.

DoorDash va foydalanuvchilar o‘rtasida esa haqiqiy “AI poygasi” boshlandi: biri aldash uchun AI ishlatadi, biri aniqlash uchun.

Eng qizig‘i: g‘olib kim? — AI kompaniyalari

Bu jarayonda DoorDash ham, ovqat buyurtmachilari ham emas, aynan AI ishlab chiquvchi kompaniyalar eng ko‘p foyda ko‘rmoqda. Chunki har ikki tomon ham bir-birini ortda qoldirish uchun qo‘shimcha AI xizmatlaridan foydalanishga majbur.

Shu boisdan internetda hazil sifatida shunday fikrlar tarqaldi:

“DoorDash bilan mijozlar urishyapti, lekin haqiqiy g‘olib — AI startaplar.”

Xulosa

Sun’iy intellekt hozir nafaqat ish jarayonlarini yengillashtirmoqda, balki umuman kutilmagan “hayotxak” va manipulyatsiya usullari paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘lmoqda.

AI’ni yordamchi sifatida ishlatish va uni suiiste’mol qilmaslik — bugungi raqamli dunyoda yanada dolzarb masalaga aylandi. DoorDash va boshqa yetkazib berish servislari esa kelajakda bunday holatlarni oldini olish uchun yanada chuqur AI nazoratini joriy qilishlari aniq.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar