date

Tramp Ukraina–Rossiya inqiroziga qattiq baho berdi va Baydenni aybladi

Tramp Ukraina–Rossiya inqiroziga qattiq baho berdi va Baydenni aybladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Politico nashriga berilgan katta intervyusida Ukraina–Rossiya urushi haqida to‘xtalib, keskin bayonotlari bilan yana bir bor e’tibor markaziga tushdi. Uning fikrlari, ayniqsa, Zelenskiy, Bayden va urushning umumiy oqibatlari haqidagi mulohazalari jamoatchilikda katta munosabat uyg‘otdi.

Trampga ko‘ra, Ukraina rahbariyati vaziyatni real baholashi va voqelikni tan olishi lozim. Uning ta’kidlashicha, Zelenskiy bugungi kunda «yutqazib borayotgan jangda» amaliy yechim izlashi kerak.

«Zelenskiy voqelikka ko‘z ochishi shart, chunki Ukraina maydonda yutqazmoqda. Xaritalarga qarang – ular juda katta hududlarni yo‘qotishdi. Buni g‘alaba deya olmaymiz», dedi Tramp.

Uning fikricha, bugun muzokaralar uchun kuchliroq pozitsiya Rossiyada. Tramp bunga geosiyosiy vazn, resurslar va umumiy ustunliklarni asos qilib ko‘rsatdi.

«Rossiya har doim yirik davlat bo‘lib kelgan va bu jihatda ustunligi bor. Ukraina armiyasi jasoratini qadrlayman, lekin o‘ziga xos nuqtada kuch omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», dedi u.

Tramp urushni o‘zining javobgarligi deb hisoblamasligini, uni «Bayden urushi» deb ataydi. Uning aytishicha, urushga eng katta e’tirozi — yoshlarning bevaqt halok bo‘layotgani.

Shu bilan birga, Tramp Zelenskiyni «mahoratli savdogar» deb atab, uning Bayden administratsiyasidan ulkan mablag‘ yutib olishini «F.T.Barnum uslubidagi mahorat» deya ta’rifladi.

«Zelenskiy Baydenni 350 milliard dollar ajratishga ko‘ndirdi. Ammo natijaga qarang: mamlakatining 25 foizi yo‘qotildi», dedi Tramp.

U, shuningdek, Qrimning yo‘qotilishi uchun Obamani aybladi va Ukrainada saylovlarni o‘tkazish vaqti kelganini ta’kidladi.

«Ukraina demokratiya haqida gapiradi, lekin ancha vaqtdan buyon saylov o‘tkazmagan. Xalq tanlov qilishi shart. Men prezident bo‘lganimda bu urush boshlanmagan, hatto to‘rt yil davom etmagan bo‘lardi», deydi Tramp.

U, hatto, agar o‘zi prezident emasligini hisobga olsak, bugungi kunda «Uchinchi jahon urushi» ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ukraina–Rossiya inqiroziga qattiq baho berdi va Baydenni aybladi