date

Hijob masalasi yana bahs markazida: Avstriya yangi cheklov joriy etmoqchi

Hijob masalasi yana bahs markazida: Avstriya yangi cheklov joriy etmoqchi

Avstriyada 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarning maktablarda hijob kiyishini taqiqlash bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Reuters va European Pravda xabariga ko‘ra, hukmron koalisiya mazkur hujjatni yaqin kunlarda parlament muhokamasiga kiritishi rejalashtirilgan. Mazkur cheklov amalda qabul qilinsa, u taxminan 12 ming nafar o‘quvchiga ta’sir qiladi.

Tashabbus tarafdorlari bu chorani “qizlarning erkinligini himoya qilish” sifatida baholamoqda. Liberal Neos partiyasi rahbari Yannik Shetti fikricha, maktabda diniy majburiyatlardan xoli bo‘lgan muhit yaratilishi kerak. O‘ta o‘ngchi Ozodlik partiyasi (FPÖ) esa hijob taqiqini “birinchi qadam” deb hisoblab, keyinchalik uni yanada kengaytirish tarafdori.

Shu bilan birga, bu qaror jiddiy e’tirozlarga ham sabab bo‘lgan. Avstriya Islom diniy jamiyati taqiqni konstitutsion huquqlar va diniy erkinlikka zid deb atadi. Ular 2020 yilda 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun kiritilgan shunga o‘xshash taqiq Konstitutsiyaviy sud tomonidan “musulmonlarga qarshi diskriminatsiya” sifatida bekor qilinganini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hijob masalasi yana bahs markazida: Avstriya yangi cheklov joriy etmoqchi