
Turkiya rasmiylari Suriya janubida keskinlashib borayotgan vaziyatni katta tashvish bilan kuzatmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bayonot berdi.
Unga ko‘ra, mintaqa yanada beqarorlashsa, bu nafaqat Suriya uchun, balki butun mintaqada xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Suriya janubidagi vaziyatni barqarorlashtirish katta ahamiyatga ega. Hozirda bizning asosiy xavotirimiz — bu yerda Isroil aralashuvining tarqalish ehtimoli,” — dedi Fidan.
Vazirning ta’kidlashicha, mintaqadagi hududlar ustidan samarali nazorat o‘rnatish muhim vazifalardan biri hisoblanadi:
“Bu nafaqat Suriya, balki Iroq va Iordaniya xavfsizligi uchun ham dolzarb. Biz muloqot, tinchlik va kelishuv orqali barqarorlikka erishishni qo‘llab-quvvatlaymiz.”
Fidan, shuningdek, Suriyadagi PYD/YPG qurolli guruhlarining Isroildan turli ko‘rinishdagi yordam olayotganini eslatdi:
“Bu uzoq yillardan buyon shunday. Agar kimdir mafkuraviy kurash olib borishni istasa, siyosiy yo‘lni tanlashi kerak. Agar qurol bilan harakat qilishda davom etilsa, ular albatta tegishli javob olishadi,” — dedi vazir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.