date

Kuchli shamol oqibatida 35 metrlik Ozodlik haykalining nusxasi qulab tushdi

Kuchli shamol oqibatida 35 metrlik Ozodlik haykalining nusxasi qulab tushdi

Braziliyaning Rio Grande do Sul shtatida joylashgan Guayba munitsipalitetida kuchli shamol oqibatida Ozodlik haykalining nusxasi quladi. Hodisa mahalliy vaqt bilan kechasi sodir bo‘lgan.

G1 portali tarqatgan videolarda bo‘ron paytida haykalning poydevori bilan birga tebranib, so‘ngra yerga qulab tushganini ko‘rish mumkin. Mutaxassislar hududda shamol tezligi 25 m/sdan oshishi mumkinligi haqida oldindan ogohlantirgan edi — prognoz, afsuski, o‘zini oqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal poydevori bilan birga umumiy balandligi 35 metr bo‘lgan. Qulagan qismi esa taxminan 24 metrni tashkil etgan. Shunga qaramay, eng muhim jihat — hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqeadan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirilib, hudud to‘liq o‘rab olingan. Hozirda mahalliy hokimiyat vaziyatni baholamoqda va haykalni tiklash yoki demontoj qilish bo‘yicha qaror kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kuchli shamol oqibatida 35 metrlik Ozodlik haykalining nusxasi qulab tushdi