06:59 / 07.02.2017
6 886

IShID etakchisi topilgani va qurshab olingani ma’lum qilindi

IShID etakchisi topilgani va qurshab olingani ma’lum qilindi

IShID terrorchilik tashkiloti etakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning joylashgan o‘rni aniqlandi. Bu haqda France24 telekanaliga asoslanib Kun nashri xabar berdi.

"U yakkalangan va harakatlanishi cheklangan", deb ma’lum qilgan telekanal al-Obodiyga iqtibos keltirgan holda tvitterda. Iroq bosh vaziri bilan suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Dekabr o‘rtalarida Iroq maxsus kuchlari qo‘mondoni Fozil Barvariy al-Bag‘dodiy Mo‘suldagi er osti bunkerida yashirinayotganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti al-Bag‘dodiy haqidagi ma’lumot uchun mukofot pulini 25 mln dollargacha oshirgandi.

Asl ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy bo‘lgan al-Bag‘dodiy birinchi marta ommaviy ravishda 2014 yil iyulda Mo‘suldagi masjidda ko‘rinish bergan. O‘shandan keyin OAVda uning yo‘q qilingani haqida bir necha xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu xabarlar tasdig‘ini topmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShID etakchisi topilgani va qurshab olingani ma’lum qilindi