
Kuba hukumati navigasiya uchun taqiqlangan hududda noma’lum kemani qayd etdi. Ular kema bilan bog‘lanishga bir necha bor harakat qilishgan, biroq hech qanday natija bo‘lmagach kemani egallash uchun bir necha patrul kemalari yo‘lga tushadi, deb yozadi Mulohaza.uz sayti.
Kemani ko‘rgach patrul a’zolarining nafaslari ichlariga tushib ketgan. Ko‘rinishidan bu kemaga 100 yil bo‘lgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lidiki, bu 1925 yilda sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan afsonaviy «Kotopaksi» kemasi ekan.

Patrul a’zolarini kema ichida ham g‘aroyib hodisaga duch keldilar, kema intireri u xuddi bir necha o‘n yillar davomida ekipajsiz bo‘lganini aytardi. Go‘yo bir lahzada butun ekipaj sirli tarzda yo‘q bo‘lib qolgandek…
«Kotopaksi» kemasi bundan 90 yil avval Janubiy Karolina, Charlstondan chiqgach ikki kun o‘tib g‘oyib bo‘lgan edi. Endilikda Kuba hukumati ushbu sirli hodisa yuzasidan tekshiruvlar olib borishga kirishgan va tekshiruvlar tarixdagi mavhumlikka oydinlik kiritishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bermurd uchburchagi Puerto-Riko, Mayami va Bermurd orollari oralig‘ida joylashgan. Bir qancha vaqtlardan buyon bu hududda yuzlab kemalar va samolyotlar eng sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar