
Rossiyada ilk halol sayyohlik yo‘nalishi Boshqirdistonda tashkil etiladi. Bu haqda respublika Tadbirkorlik va sayyohlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Roman Shayxutdinov ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
12 kunlik tur respublikaning Ufa, Chishmin, Davlekan, Burzyan va Uchali tumanlaridagi islom va pravoslav madaniyati ob’ektlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga oladi. «Islom diniga e’tiqod qiluvchi sayyoh uchun bu yo‘nalish juda qulay bo‘ladi. Ular uchun yo‘nalishda barcha sharoitlar yaratilgan», — deb ta’kidlaydi Shayxutdinov.
U sayyohlik yo‘nalishining 30 foizi musulmonlarga, yana 30 foizi pravoslavlarga bag‘ishlanganligi, dasturning qolgan qismidan tabiatda hordiq chiqarish joy olganligini ta’kidladi.
Boshqirdiston Davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, loyiha Yaqin sharqlik sayyohlar uchun mo‘ljallangan. Uning fikricha, bu yo‘nalishga talab etarlicha yuqori bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar