date

Yaponiya fuqaroligini olish uchun yashash muddati ikki barobarga oshiriladi

Yaponiya fuqaroligini olish uchun yashash muddati ikki barobarga oshiriladi
Yaponiya hukumati chet elliklar uchun fuqarolik olish talablarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Endi avvalgi besh yil o‘rniga, mamlakatda yashash muddati o‘n yilga oshiriladi va fuqarolik olish uchun yapon tilini bilish majburiy qilinadi. Bu o‘zgarishlar 2026-yildan kuchga kirishi kutilmoqda.

Fuqarolik berishda shaxsning namunali xulq-atvori, 18 yoshdan katta bo‘lishi va barqaror daromad manbai hisobga olinadi. Shuningdek, davlat organlariga yakuniy qarorni qabul qilishda keng vakolatlar beriladi. Ayrim istisnolar, masalan, sportchilar va doimiy rezidentlar uchun soddalashtirilgan tartiblar ko‘zda tutilgan.

Nippon Ishin va Sanseito partiyalari yangi qoidalarni yanada qattiqlashtirishni, xorijlik rezidentlar sonini cheklash va fuqarolikni mahrum qilish mexanizmini joriy etishni taklif qilmoqda.

2024-yilda Yaponiya hukumati fuqarolik uchun 12 248 ta ariza qabul qilgan, shundan 8 863 tasi qanoatlantirilgan. So‘nggi o‘n yil ichida xorijliklar soni 2,23 milliondan 3,95 millionga oshdi. Tanqidchilar ishchi kuchi yetishmovchiligi davrida bu choralarni migratsiya uchun yangi to‘siq sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya fuqaroligini olish uchun yashash muddati ikki barobarga oshiriladi