
Turkiyada xavfsizlik kuchlari Istanbul shahrida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 115 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ular Yangi yil bayramlari kunlari hujumlar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, shahar bo‘ylab 124 ta manzilda tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada qurol, o‘q-dorilar va hujumlarni rejalashtirishga oid hujjatlar topilgan. Hozirda yana bir necha gumonlanuvchini aniqlash ishlari davom etmoqda.
Tekshiruvlar jarayonida ushbu shaxslar chet eldagi radikal guruhlar bilan aloqada bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Rejalashtirilgan hujumlar tinch aholi, jumladan, bayram tadbirlariga qarshi qaratilgani aytilmoqda.
Turkiya rasmiylari mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash doimiy e’tiborda ekanini bildirdi. Bayramlar davrida fuqarolar tinchligini saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.