date

Xitoy va AQSh TikTok bo‘yicha qonuniy kelishuvga umid qilmoqda

Xitoy va AQSh TikTok bo‘yicha qonuniy kelishuvga umid qilmoqda

Xitoy hukumati TikTok ilovasining AQShdagi faoliyati bilan bog‘liq masalada qonunlarga mos va barcha tomonlar manfaatini hisobga olgan yechimlar topilishiga umid bildirdi. Bu haqda Xitoy Savdo vazirligi vakili rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, TikTok’ning egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasi AQShdagi faoliyatni bir guruh investorlarga topshirish bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ushbu qadam ilovani AQShda taqiqlash ehtimolini kamaytirish va uzoq davom etgan noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Xitoy tomoni AQShni bu jarayonda hamkorlik qilishga chaqirdi. Rasmiylar AQSh Xitoy kompaniyalari uchun adolatli, ochiq va teng sharoit yaratishi zarurligini ta’kidladi.

Pekin rasmiylariga ko‘ra, masalani muloqot va kelishuv orqali hal etish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Xitoy hukumati TikTok atrofidagi vaziyat barqaror va qonuniy asosda hal bo‘lishiga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va AQSh TikTok bo‘yicha qonuniy kelishuvga umid qilmoqda