
AQSh prezidenti Donald Tramp savdo tarmoqlarining qizi Ivankaning markasi ostidagi kiyim-kechaklarni sotishdan bosh tortishi bilan bog‘liq shov-shuv fonida unga tasanno bildirdi, deb yozadi «Daryo».
«Men qizim Ivanka bilan faxrlanaman. Haqoratlangani va OAV tomonidan yomona munosabatga uchraganiga qaramay, u boshini baland tutib, yo‘lida davom etmoqda. Bu haqiqatda hayratlanarli!» — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasiga.
Eslatib o‘tamiz, AQShda ommabop bo‘lgan Nordstrom univermaglar tarmog‘i prezidentning qizi Ivanka Tramp firmasining kiyim-kechaklarini sotib olishdan bosh tortgan va o‘z qaroroni brendning yaxshi sotilmasligi bilan izohlagan edi.
Ivankaning kiyim-kechaklarini sotishni to‘xtatishi haqida Neiman Marcus, Belk, Jet, ShopStyle va boshqa qator savdo tarmoqlari ham e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar