
2016 yil sentyabr oyida Tess Nyuall o‘zining to‘y libosini Edinburgdagi kimyoviy tozalash idorasiga topshirdi. Biroq tez orada ayol ushbu muassasa yopilgani va endi ko‘ylakni qaytarib ololmasligidan xabar topdi.
Tess Nyuall o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu shunchaki libos emas, haqiqiy oilaviy yodgorlik ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ylakni ilk bor 1870 yil Tessning buvisining onasi kiygan. Shu tariqa, libos Tessga meros qolgan.

Tess ko‘ylakni sotishlari ehtimoli borligini aytib, Facebook foydalanuvchilaridan uni topish uchun yordam berishlarini so‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar