17:51 / 12.02.2017
6 587

Rossiyalik olim Eronning «Al-Xorazmiy» mukofotiga munosib deb topildi

Rossiyalik olim Eronning «Al-Xorazmiy» mukofotiga munosib deb topildi

Rossiyalik olim, Lobachyov nomidagi Nijegorodsk universiteti hamda Italiyadagi Kalabriya universiteti professori Yaroslav Sergeev Eron islom respublikasi Ilm-fan, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro «Al-Xorazmiy» mukofotiga loyiq deb topildi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Mukofot bilan taqdirlash marosimi 13 fevral kuni Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur mukofotni tez-tez «Eronning Nobeli» deb atashadi. U fanning qator sohalarida erishilgan ilmiy muvaffaqiyatlar uchun taqdim etiladi.

Yaroslav Sergeev, rossiyalik olim


2000 yildan beri o‘z faoliyatini asosan Italiyada olib borayotgan olimning «cheksiz kompyuterlar» ishlanmasi hamda global optimallashtirish borasidagi tadqiqotlari nufuzli ilmiy jamiyat tomonidan tan olingan.

Fizika va matematika fanlari doktori sanalgan Sergeev ushbu sohalarning etakchi mutaxassisi bo‘lib, Global optimallashtirish xalqaro jamiyatining vise-prezidenti hisoblanadi.

Bundan avval, 2010 yil olim Italiyada matematika bo‘yicha xalqaro Pifagor mukofotiga munosib topilgan. Shuningdek, u 2008 va 2010 yillarda AQShdagi xalqaro kongresslar mukofotlari, Turkiyaning Izmir va Italiyaning Turin universitetlari mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik olim Eronning «Al-Xorazmiy» mukofotiga munosib deb topildi